Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston va Tojikistonga tashriflarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Avval xabar berilganidek, Prezidentimiz Bishkek shahrida oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Dushanbe shahrida boʻlgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammitlarida ishtirok etdi.
Sammitlar doirasida qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan samarali muzokaralar ham oʻtkazdi.