Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari u yerda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.