Prezident uzumchilar mahallasida mehmon boʻldi

0
273
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Qoʻshtepa tumanidagi Namuna mahallasida boʻlib, aholi hayoti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xalqimizning milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan biri – uzumchilik. Ayniqsa, Fargʻona vodiysida deyarli har bir koʻchada, xonadonda tok bor.

Namuna mahallasida ham shunday. Aksariyat oilalarning asosiy daromadi uzumchilikdan. Shuningdek, namunaliklar mebelsozlik, doʻppidoʻzlik, chevarlik, chorvachilik, asalarichilik va quyon boqish bilan shugʻullanadi. Mahallada uch mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerlik Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon boʻldi.

Oila boshligʻi usta dehqon. Turmush oʻrtogʻi Fotima aya tikuvchi. Ular katta farzandlarni uy-joyli qilgani, oʻz uyida ishlab, qoʻshimcha daromad topayotgani haqida soʻzladi. 15 sotix tomorqada 100 tup uzum va boshqa mevali daraxtlar ekilgan. Oʻtgan yili birgina uzumning oʻzidan 21 million soʻm daromad olingan.

Prezident kelgusida mahalla tizimiga yanada keng imkoniyatlar berilishi, bu joylardagi muammolarni manzilli hal etish va aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim omil boʻlishini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatiga tashrifini yakunlab, Andijonga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.