Prezident Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi

0
258
views

— Islohot – bu yangilanish, oʻzgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo rahbarlarimiz va odamlarimiz oʻzgarishi kerak. Inson oʻzgarsa, jamiyat oʻzgaradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida. 

Bu maqsadga erishish uchun barcha darajadagi rahbarlar va xalq deputatlari faoliyatini tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik asosida tashkil etish zarurligini taʼkidladi. Boʻlajak vazirlar parlament oldida masʼuliyatni his etishi, lavozimga munosibligini isbotlashi kerakligi qayd etildi.

Prezident shu bois Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here