Prezident xalq bilan muloqot qilib, mutasaddilarga topshiriqlar berdi

0
838
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va sogʻliqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

— Sizlar bilan, xalq orasida yurib, islohotlarimizni amalga oshirayotgan odamlar bilan suhbat qilib, mavjud muammo va masalalarni ochiq-oydin muhokama qilgani keldim. Shuning uchun yodlangan gaplarni gapirmasdan, koʻproq savol berib, takliflaringizni aytsangizlar, xursand boʻlaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yashnobod tumanida 18 mingdan ziyod iqtisodiy faol aholiga ish oʻrinlari zarurligi, bandlikni oshirish uchun tadbirkorlikni jadal rivojlantirish kerakligi qayd etildi. 

Oʻtgan yili tumanda investitsiyalar 1,3 barobar, sanoat 12 foiz, qurilish 26 foiz, xizmat koʻrsatish 28 foiz oʻsgan. 445 milliard soʻm sarmoya hisobidan 16 ta ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyekti ishga tushirilgan. 

2020-2022 yillar uchun qiymati 8,5 trillion soʻm boʻlgan 61 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan.

Kichik korxonalar tashkil etish uchun tumanda rezerv va imkoniyatlar yetarli ekani, mahalla instituti bu borada faollik koʻrsatishi lozimligi taʼkidlandi.

Maktabgacha taʼlim muassasasi qurish, maktablarni kapital taʼmirlash, zamonaviy klinikalar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. Sogʻlom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni koʻproq doriga emas, balki toʻgʻri ovqatlanishga, sportga oʻrgatish butun jamoatchilikning vazifasi boʻlishi kerakligi qayd etildi.

Jinoyatchilikning oldini olish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.

— Yashnobod oʻz nomiga munosib yashnab turishi, quyi tizimda ishni tashkil qilish boʻyicha namuna boʻlishi kerak, — dedi davlatimiz rahbari.

Ochiq muloqotda aholi va tadbirkorlar oʻz fikr-mulohazalarini aytdi. Prezidentimiz bildirilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlash va ularni amalga oshirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.