Prezident Xalqaro turizm markazidagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi

0
34
marta koʻrilgan.

Soʻnggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar – oliy va yuqori darajadagi sammitlar, konferensiya va kongresslarning anʼanaviy mezboniga aylandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

2022 yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Buyuk ipak yoʻli” majmuasi bunyod etilgani bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, Samarqandning xalqaro markaz sifatidagi salohiyatini yanada oshirdi.      

Prezident ushbu xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Majmuada xorijiy delegatsiyalar va sayyohlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, qulayliklarni kengaytirishga qaratilgan muayyan ishlar olib borilmoqda, qator yangi obyektlar qurilmoqda.

Jumladan, markaz hududida konsert zali barpo etilmoqda va zamonaviy akustika uskunalari bilan jihozlanmoqda.

Prezidentimiz xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shu yerning oʻzida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan davlatimiz rahbariga hisobot berdi.

Taʼkidlash joiz, joriy yilda Samarqandda yirik xalqaro anjumanlar boʻlib oʻtadi. Bugungi kunda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti va Iqlim forumi, “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari” sammiti, YUNYeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini oʻtkazishga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.   

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.