Prezident Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi

0
145
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida XXR Raisining qayta saylangani hamda Butunxitoy xalq vakillari yigʻinining 13-chaqiriq birinchi sessiyasida qabul qilingan tarixiy qarorlar Xitoyni har tomonlama rivojlantirish, xalqaro siyosiy va iqtisodiy maydonda uning nufuzli va taraqqiy etgan davlat sifatidagi oʻrni va ahamiyatini mustahkamlash, global miqyosda, shu jumladan bizning mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar eng yuksak – har tomonlama strategik sheriklik darajasiga chiqqani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.