Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida boʻldi.
Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.
Shuningdek, Belarus Respublikasi Prezidenti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Prezidentimiz “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq soʻzladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.