Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ilgari bu joy foydalanilmay turgan bino edi. 2020 yil sentyabrda uning oʻrnida zamonaviy kombinat tashkil etildi. Bu yil avgust oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirildi.
Korxonaga Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan energiya tejovchi uskunalar keltirib oʻrnatilgan. Bu yerda polipropilen ip, gilam va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ular AQSH, Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini va shou-rumni koʻzdan kechirdi.
Kombinatda 250 ta ish oʻrni yaratilgan. 2022 yilda uchinchi bosqich — akril tolasidan kalava tayyorlash loyihasi amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetadi. Mahsulotning 45 foizi chet elga sotilishi, yillik eksport 5 million dollardan oshishi kutilmoqda.
Prezidentimiz mahsulot turlarini koʻpaytirish, boshqa tumanlarda ham shunday korxonalar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga safari yakuniga yetdi.