Prezident xorazmlik mirishkorlar bilan uchrashdi

0
125
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangibozor tumanidagi “Xorazm faxri” urugʻchilik klasteri dalasida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu klasterning umumiy yer maydoni 286 gektar. Shundan 147 gektarida gʻalla, 122 gektarida paxta yetishtirilmoqda. 45 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.

Davlatimiz rahbari ekinlar rivojini koʻzdan kechirdi. Gʻalla va gʻoʻzaning navi, mevali daraxtlar hosildorligi bilan qiziqdi.

Maʼlumki, Xorazm suv taqchil hudud sanaladi. Shuning uchun dehqonchilikda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishga harakat qilinmoqda. Gʻalla maydonining bir qismida yomgʻirlatib sugʻorish yoʻlga qoʻyilgan. Olma koʻchatlari qadalgan yangi bogʻ oralariga esa sabzi, piyoz, sholgʻom kabi qishloq xoʻjaligi ekinlar ekish yoʻlga qoʻyilgan.

Prezident bunday omilkorlikni boshqalarga ham oʻrgatish kerakligini taʼkidladi.

Mamlakatimizda gʻalladan boʻshagan maydonlar takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholiga boʻlib berilmoqda. “Xorazm faxri” urugʻchilik klasterida ham 80 nafar aholiga 30 sotixdan sabzavot ekish uchun yer berilgan. Bu yil yana 26 nafar kishiga yer ajratilishi koʻzda tutilgan.

Prezident shu yerda qishloq xoʻjaligi xodimlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillari bilan suhbatlashdi. Xorazmning tuprogʻiga mos ekinlar yetishtirish, qishloq xoʻjaligini sanoatlashtirish muhimligi qayd etildi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.