Prezident yangi uy egalarini muborakbod etdi

0
74
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida qurilgan koʻp qavatli uylarni borib koʻrdi.

Ushbu 9 qavatli uylarda 208 ta xonadon bor. Bino fasadi uch qoplamadan iborat boʻlib, uylar qishda issiq, yozda salqin boʻladi. Har bir xonadon alohida isitish qozoni bilan jihozlangan. Birinchi qavatda savdo va servis shoxobchalari joylashgan.

Uylarga xizmat koʻrsatish uchun boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgan. U yerda elektr, gaz, lift va santexnika ustalari navbatchiligi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, kompaniya huzurida oʻquv markazi ham boʻlib, yoshlar koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatadigan ishchi kasblarni oʻrganishi mumkin.

Bu yerga ilk oilalar koʻchib kela boshladi. Ularning ayrimlari xonadonlarni davlat tomonidan berilgan imtiyozlar asosida olgan.

Davlatimiz rahbari shunday ikki oila — Nargiza Rahimova hamda Farruh Egamovning xonadonlarida boʻlib, ular bilan suhbatlashdi.

— Siyosatimizning eng katta talabi mahallalarda yurib, odamlarning muammolarini eshitib, ularni hal etish. Bugun ham Surxondaryo boʻyicha katta rejalar belgiladik. Hammasining tagida bitta narsa — inson manfaati bor. Endi bu uylarni aholiga adolatli berish kerak. Adolat boʻlsa, qadriga yetadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Umuman, bu yil Surxondaryo viloyatida 3 ming 500 kvartirali koʻp qavatli uylar quriladi. 1 ming 460 ta oilaga ipoteka uchun subsidiya beriladi.

Shu bilan Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi yakuniga yetdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.