Prezident Yaponiya Maslahatchilar palatasi rahbariyati bilan uchrashdi

0
117
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda tashrif dasturining ikkinchi kunida Yaponiya parlamentining Maslahatchilar (yuqori) palatasi prezidenti Akiko Santo bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.      

Parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan qoʻshma memorandum doirasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi faol muloqot olib borilayotgani yuksak baholandi.

Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Taʼlim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi. 

Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi sessiyalari oʻtkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.