Prezident yerdan unumli foydalanib, aholi daromadini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

0
98
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Korxona faoliyatini 2015 yilda yongʻoq, mayiz va kovulni eksport qilishdan boshlagan. Hozirda bu yerda kungaboqar, fasol, urugʻlik kartoshka, duragay makkajoʻxori, pomidor ham parvarishlanmoqda. 

Jamiyat tomonidan intensiv bogʻ tashkil etilib, eksportbop mevalar yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Loyihaning umumiy qiymati 9,6 milliard soʻm boʻlib, yiliga 4 ming 600 tonna yongʻoq yetishtirish, bir yilda 40 milliard soʻmlikdan ziyod mahsulot olish rejalashtirilgan. Hosilning 70 foizini eksportga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz mazkur korxona imkoniyatlari bilan tanishdi. Intensiv usulda qurilgan issiqxonani kirib koʻrdi.

Korxonaning 17 sotixlik tajriba uchastkasida meva-sabzavotlar sinovdan oʻtkazilayotir. 

Aeroponika usulida kartoshka urugʻi yetishtirish tajribasi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi. Yosh olim Sherzod Toshpoʻlatov tatbiq etgan bu usul orqali anʼanaviy usulga nisbatan 6 barobar yuqori hosil olish mumkin. 

 

Davlatimiz rahbari ushbu tajriba asosida Namanganda kartoshka urugʻchiligini rivojlantirishga doir maxsus qaror ishlab chiqish, butun mamlakatimizga hosildor urugʻ yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi.
 
Shu yerning oʻzida 2018-2019 yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni rivojlantirish, tutzorlar tashkil etish, qurgʻoqchil maydonlarning suv taʼminotini yaxshilash, paxtadan boʻshagan yer maydonlariga bozorgir ekinlar ekish, bular orqali viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.