Prezident yoshlarning kasbga intilishini qoʻllab-quvvatladi

0
215
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Koson tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Bu yerda texnika va xizmat koʻrsatish sohalarida 20 ga yaqin kasb-hunarga oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻquv va mashgʻulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan taʼminlangan.

Eng muhimi, oʻqish, oʻrganish yoshi chegaralanmagan. Bu yerda barcha istovchilar, vaqtincha ishsiz kishilar ham kelishi mumkin. Bunday imoniyatdan foydalanib, aholi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan elektrik, santexnik, payvandchi, oshpaz, qandolatchi, sartarosh va tikuvchi kabi kasblarni oʻrganmoqda. Ularga jahon standartlari darajasida koʻnikma berish  maqsadida Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlaridan mutaxassislar jalb qilingan. Markaz qoshida xorijiy tillarni oʻqitish ham yoʻlga qoʻyilgan.

Bu yerda nafaqat Koson, balki qoʻshni tumanlardagi ishsiz fuqarolarga 2 oydan 6 oygacha boʻlgan kurslarda dars beriladi.

Prezidentimiz markazda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi, kasb oʻrganayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.

– Sizlarning ertangi kuningizga befarq boʻlmay, kasbga intilishingiz meni xursand qildi. Bunday markazlarni nima uchun qilayapmiz? Ilgari yoshlar kasb egallashi uchun Toshkentga yoki boshqa shaharlarga borardi. Endi oʻsha sharoitlarning oʻzi yoshlarning oldiga kelayapti. Maqsadimiz — aholini kasb-hunarli qilish. Yaxshi hunari bor odam ishsiz qolmaydi, kerak boʻlsa uyidan olib ketishadi. Shuning uchun bu imkoniyatlardan foydalanib, yoʻlingizni topib olishingiz kerak, — deya taʼkidladi davlat rahbari.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.