Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.
Ushbu zamonaviy mahsulotlar davlatimiz rahbarining qaroriga asosan «Oʻzelektroapparat» zavodida ishlab chiqarilmoqda.
Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilgʻor texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha yurtimizda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import oʻrnini bosishi, axborot xavfsizligini taʼminlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.