Prezident zamonaviy maktabdagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi

0
119
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanidagi nodavlat taʼlim muassasasini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ming oʻrinli bu maktab ingliz tili, sharq tillari va aniq fanlarni oʻrgatishga ixtisoslashgan. Muassasada oʻquv va kompyuter xonalari, STEM laboratoriyasi, kutubxona, oshxona, sport zali, basseyn mavjud.

Maktabdagi oʻquv va mashgʻulotlar mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita xorijiy til va bitta hunarga oʻrgatish talabiga mos. Maxsus jihozlangan xonalarda oʻquvchilar tikuvchilik, duradgorlik, kompyuter sirlarini oʻrganmoqda. Yoshlarning qiziqishlariga mos turli toʻgaraklar ham tashkil etilgan.

Prezidentimiz ushbu maktab tajribasi asosida kichik hududda koʻp oʻquvchi oʻrinlarini yaratish, nodavlat maktablarda taʼlim sifatini nazorat qilish muhimligini taʼkidladi.

Oʻquvchilar bilan muloqotda bilim eng yaxshi investitsiya ekani, davlat yoshlarning zoʻr mutaxassis boʻlib, kelajakda yoʻlini topishi uchun barcha sharoitlarni yaratishi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.