Prezidentimiz Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi

0
22
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Taʼkidlash joizki, ushbu majmua mamlakatning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. U 1998 yilda tashkil etilgan.

Muzey anʼanaviy islom meʼmorchiligi uslubida barpo etilgan boʻlib, uning umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi. 

Bino gumbazining ichki qismini bezash va restavratsiya ishlarida oʻzbekistonlik ustalar ishtirok etgan.

Bu yerda 10 mingdan ortiq islom sanʼati namunalari saqlanmoqda. Doimiy ekspozitsiyada Qurʼon qoʻlyozmalarining noyob toʻplami, sopol va qimmatbaho buyumlar, qurol-yarogʻ namunalari va inshootlar maketlari, taqinchoqlar, tangalar va boshqa ashyolar namoyish etilmoqda.

Muzey fondida zamonaviy Oʻzbekiston hududida turli tarixiy davrlarda yaratilgan 200 ga yaqin noyob eksponatlar alohida oʻrin egallaydi. Ular orasida oʻrta asrlarga oid qoʻlyozmalar, zargarlik buyumlari, mashhur abr matolari va kiyim namunalari, Sharq Renessansiga oid kulolchilik buyumlari mavjud.

Davlatimiz rahbari eksponatlarni koʻzdan kechirish chogʻida birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.