Prezidentimiz Sergeli tumanidagi yangi koʻp qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi

0
191
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yil noyabr oyida Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli yangi uy-joylar bilan tanishib, xonadon sohiblari bilan muloqot qilgan edi. Kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiya va topshiriqlar bergandi.

Prezidentimiz Sergeli tumanidagi yangi qoʻp qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Loyihaga asosan 7 va 9 qavatli 120 ta uy qurilishi boshlab yuborilgan. Uylar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan zamonaviy qilib barpo etilmoqda. Shuningdek, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari va boshqa infratuzilma obyektlari qurilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu turar joylarni joriy yilning sentyabr oyida oʻz egalariga topshirish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda uy-joylar qurilishi hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bois qurilish-pudrat tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bilim va malakaga ega mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muhandis va quruvchilar bilan muloqotda odamlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish, maishiy xizmat obyektlarini uylarning birinchi qavatiga joylashtirish zarurligi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.