Prezidentimiz Sherobod tumaniga tashrif buyurdi

0
206
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi “Euro med plus” xususiy diagnostika va davolash markazi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Mamlakatimizda xususiy tibbiyot rivojiga qaratilayotgan alohida eʼtibor samarasida olis qishloqlar aholisiga ham zamonaviy, yuqori texnologik tashxis quyish va davolash imkoniyati yaratilmoqda. 

Shu kecha kunduzda foydalanishga topshirilgan mazkur tibbiyot muassasasi kompyuter tomografiya, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop, videokolpaskop uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, bemorlarni ultratovush, elektr, magnit, lazer bilan davolash, umurtqa churralarini traksion choʻzish yoʻllari bilan sogʻlomlashtirish imkoniyatlari mavjud. 

Endilikda shoshilinch holatlarda bemorlar Termiz shahridagi tibbiy markazlarga borib kelish tashvishidan qutuldi. Agar 182 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Sherobod, qoʻshni Muzrabot, Boysun, Angor, Qiziriq tumanlarida tez va aniq tashxis quyishda zarur boʻlgan zamonaviy uskunalar yetishmasligini hisobga olsak, mazkur tibbiyot maskani faoliyatining dolzarbligi yanada namoyon boʻladi. 

Ushbu markazda tibbiyot kollejlari oʻquvchilari uchun amaliyot markazi tashkil etilgan. Shuningdek, kelgusida jarrohlik amaliyotlarini bajarish ham yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari klinika imkoniyatlari bilan tanishar ekan, mazkur shifo maskani bilan poytaxtimizdagi “Akfa Medlayn” klinikasi oʻrtasida hamkorlikni, tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi. 

Shavkat Mirziyoyev tumanning Taroqli mahallasida ham boʻlib, “Pokiza” maktabgacha taʼlim nodavlat muassasasi faoliyati bilan tanishdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.