Prezidentlar fikr almashdi

0
119
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 15 mart kuni Oqoʻrda qarorgohida uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.

Qozogʻiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tashrifi bilan qutlab, Prezidentimiz bilan uchrashishni sogʻinganini taʼkidladi. – Siz Oʻzbekistonda juda katta ishlarni amalga oshiryapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirgʻiziston Prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va saʼy-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afgʻoniston masalasi boʻyicha oʻtkazilayotgan konferensiya ham juda muhim, – dedi Nursulton Nazarboyev. 

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani va Qozogʻistonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi.

Keyingi bir yarim yil ichida ikki doʻst, qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija – odamlarning kayfiyati, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.