Prezidentlar Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini borib koʻrdi

0
101
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasini borib koʻrdi.

Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. 2010 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan.

Muzey ikki zal va olti boʻlimdan iborat. Undan Mirzo Ulugʻbek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qoʻlyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi oʻrin olgan. Shuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Ulugʻbek haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar namoyish etilgan.

Emomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat oʻlkalari qoloq boʻlgan oʻrta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kashfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solishini taʼkidladi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.