Prezidentlar OAV vakillari bilan uchrashdilar

0
135
marta koʻrilgan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar oʻzaro anglashuv, ochiqlik va samimiyat ruhida, ishchan kayfiyatda oʻtganini, erishilgan kelishuvlar ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini taʼkidladilar, deya xabar bermoqda prezident. uz  saytida. 

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Prezidentining birinchi tashrifi chogʻida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil boʻlishini qayd etdi.

Sooronboy Jeenbekov erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea boʻlganini, oʻzaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qoʻshganidan mamnun ekanini taʼkidladi.

Maʼlumki, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi ulkan xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Danaker» ordeni bilan mukofotlangan edi. Qirgʻizistonning oliy mukofotlaridan boʻlgan ushbu orden xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni saqlashga, ilm-fanni rivojlantirishga, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qoʻshgan insonlarga beriladi.

Danaker – yarashtiruvchi demakdir. Mukofot davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarini ravnaq toptirish, ikki mamlakat va ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnilik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlarining yuksak eʼtirofidir.

Koʻksaroy qarorgohida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «Danaker» ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.