Prezidentlar Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasiga tashrif buyurdi

0
89
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hamrohligida Minskda tashkil etilgan Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Mamlakatimizning keng turdagi mahsulot va xizmatlari uchun «BelEkspo» milliy koʻrgazmalar markazida alohida majmua ajratilgan.

Maydoni 3 ming kvadrat metr boʻlgan usti yopiq manejda 25 ta eksklyuziv stendlar qurilib, “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat”, “Oʻzbekoziqovqatxolding”, “Oʻzkimyosanoat”,  “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari”,  “Oʻztreyd”, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari kabi yetakchi kompaniya va uyushmalar, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentliklari mahsulotlari koʻrgazmaga qoʻyilgan. 500 kvadrat metr ochiq maydonda esa avtomobillar, qishloq xoʻjaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa tovarlar namoyish etilmoqda.  

Koʻrgazmada oʻnta viloyatimizdan yuzdan ziyod korxona va tadbirkorlik subyektlari oʻz mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Yurtimizning turizm salohiyati targʻibotiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.  

29 iyul kuni ochilgan ushbu koʻrgazmaga Belarusning barcha hududlaridan ishbilarmon doiralar, savdo va sanoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari kelmoqda. 

Aleksandr Lukashenkoga mamlakatimiz kompaniyalarining quvvati va salohiyati, mahsulotlarning sifati haqida soʻzlab berildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston kompaniya va agentliklarining mutasaddilariga Belarusdagi manfaatdor korxonalar bilan kooperatsion aloqalarni oʻrnatish, qoʻshma savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.