Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar, jumladan, Hukumatlararo komissiya doirasidagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, «Shovot-Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasi barpo etilmoqda, energetika va transport sohasidagi hamkorlik chuqurlashmoqda, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari va qoʻshma tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.