Prezidentlar Oʻzbekistonning madaniy merosi koʻrgazmasi bilan tanishdilar

0
92
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatimiz madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Unda mamlakatimizning 7 ta muzeyidan eksponatlar jamlangan. Xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyati haqida tasavvur beruvchi bu nodir ashyolar xronologik ekskursiya tarzida joylashtirilgan. 

Maʼlumki, yurtimiz hududi transkontinental aloqalar rivojlanishi bilan savdo, fan, taʼlim, madaniyat va meʼmorchilik markaziga aylangan. Qadimiy yodgorliklarda koʻplab madaniyatlar – turkiy, forsiy, yunon-baqtriya, arab, hind, xitoy va boshqa xalqlar qadriyatlarining izlari bor. Qiziqarli namoyish tomoshabinga eksponatlarning nafisligini, madaniy va tarixiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi hamda mamlakatimiz boʻylab sayohat qilish istagini uygʻotadi.

Koʻrgazma 3 ta boʻlimdan iborat. Birinchi boʻlim qadimgi davlatlar davri, madaniyatlarning Ipak yoʻli orqali tarqalishi, Kushonlar imperiyasi haqida boʻlib, haykalchalar, tilla buyumlar va tangalar namoyish etilgan. Ularning ayrimlari Oʻzbekiston va Fransiya olimlarining birgalikdagi ekspeditsiyasida topilgani diqqatga sazavor.

Ikkinchi boʻlim qadimgi va oʻrta asrlarda sanʼat va madaniyatning gullab-yashnashi, yoʻllar va karvonlar mavzusi bilan tanishtiradi.

Uchinchi boʻlim Reneseans va temuriylar davrida Markaziy Osiyoda islom dinining tarqalishi, madaniyat va ilm-fan rivojlanishi haqida. Bu yerda mehmonlar Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek va Alisher Navoiy kabi ulugʻ allomalarning qoʻlyozmalari bilan tanishishi mumkin. Bu boʻlim buyuk hukmdor Amir Temur siymosi atrofida tashkil etilgan boʻlib, unda oʻsha davrga oid bezak buyumlari va Fransiya qirolining Sohibqironga yoʻllagan maktubi taqdim etilgan.

Koʻrgazma Fransiya Prezidenti va delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.