Prezidentlar Poyi Kalon majmuasida boʻldi

0
246
views

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oraligʻida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uygʻunlashib, goʻzal ansambl hosil qilgan. Ularning meʼmoriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va sanʼatining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom oʻrta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. Mamlakatimizdagi eng qadimiy va yirik jomeʼ masjidlaridan biri boʻlgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardoʻzlik, zargarlik, gilamdoʻzlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Sayilgoh koʻchasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik anʼanalarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning chiqishlari kishiga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tarixiy va meʼmoriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here