Prezidentlar sanoat koʻrgazmasini koʻzdan kechirdi

0
93
marta koʻrilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Turkmanboshi shahrida ushbu mamlakatlarning milliy sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etilgan. 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon mazkur koʻrgazmani borib koʻrdilar.

“Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasida mamlakatimizning oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobilsozlik, charm-poyabzal, elektr texnikasi, kimyo, farmatsevtika, zargarlik va qurilish materiallari kabi sanoat tarmoqlari salohiyati namoyish etilgan. 

Koʻrgazmadan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Turkmaniston mahsulotlari ham oʻrin olgan. Ekspozitsiyalar 8 ming kvadrat metrdan ziyod maydonni egallagan.

Prezidentlar mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirib, oʻzaro tovarlar yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.