Prezidentlar Texnopark faoliyati bilan tanishdi

0
30
marta koʻrilgan.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon eʼtiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi. 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlaydi.

Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Prezidentlar yetakchi korxonalar kooperatsiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.