Prezidentlar Xivadagi tarixiy obidalarni tomosha qildi

0
244
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Ichan qalʼa”ni tomosha qildi. 

Maʼlumki, “Ichan qalʼa”da xalqimizning meʼmorchilik anʼanalari oʻz holicha saqlanib qolgan. Ajdodlarimizning turmush tarzi, hunarmandligi, sanʼati va madaniyati oʻz ifodasini topgan. Ochiq osmon ostidagi muzey deya eʼtirof etiladigan bu qadimiy qalʼa YUNYeSKOning Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. 

Oliy martabali mehmonga ushbu qadamjolar tarixi, bu yerda sayyohlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab berildi. 

Davlat rahbarlari Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi.

Prezidentlar buyuk turkman shoiri Maxtumquli tahsil olgan Shergʻozixon madrasasini ham kirib koʻrdi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ichan qalʼa” yaqinidagi Nurillaboy tarixiy majmuasini tomosha qildi.  

Ushbu qadimiy saroy Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 maydagi qaroriga muvofiq rekonstruksiya va restavratsiya qilingan. Badiiy galereya, qabullar uyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy oshxona barpo etilgan.

Turkmaniston Prezidenti ajdodlarimizning bunyodkorlik zakosi, ularni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.