Prezidentlar Xorazmga keldi va dastlab Xivadagi yirik gilam korxonasi bilan tanishdilar

0
112
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali marosim boʻldi.

Soʻngra Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev “Xiva gilamlari” kombinatiga tashrif buyurdilar.

2020 yilda tashkil etilgan qiymati 24 million dollarlik ushbu korxona yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlar AQSH, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Kombinatda Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. 750 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdilar, kombinat hududida tashkil etilgan «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi mahsulotlar koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar.

Masʼul vazirlik va idoralarga oʻzaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirishga koʻrsatma berildi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.