Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

0
144
marta koʻrilgan.
Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” (“Moviy saroy”) qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar. 

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning tor doiradagi muzokarasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqbolga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Muzokaralar davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.