Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

0
137
marta koʻrilgan.

Koʻksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻanini kutib olish marosimi boʻldi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻanining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Muzokarada ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar ochiq va konstruktiv ruhda oʻtmoqda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.