Prezidentning amaliy tashrifi yakunlandi

0
141
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

13 oktyabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammitida nutq soʻzlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afgʻoniston masalasi boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.  

14 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti ham boʻlib oʻtdi.

Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov kuzatib qoʻydi.

Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here