Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida

0
61
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz prokuratura organlaridagi koʻp yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mardlik» ordeni bilan

Aminov Shoxrux Azamatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

Xamdamov Ulugʻbek Aslonovich — Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar prokurori

«Doʻstlik» ordeni bilan

Yerniyazova Venera Tajetdinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

«Jasorat» medali bilan

Abdilazizov Davronbek Maxmudjonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

Buronov Nurbek Erkinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Boltayev Halim Husanboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

Muratov Jaxongir Dilshatovich — Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori

Sayfulloyev Erkin Xudoyorovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

Fayziyev Vaxob Kamolovich — Buxoro viloyati Kogon shahar prokurorining katta yordamchisi

«Shuhrat» medali bilan

Abduxakimov Murodullo Togayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

Karimov Xurshid Akramovich — Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshligʻi

Qodirov Abdumoʻmin Abdumajit oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani boʻlimi davlat ijrochisi

Tashpulatov Xurshid Sabirjanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yunusobod tumani boʻlimi boshligʻi

Xabiljonov Ulugʻbek Xabiljon oʻgʻli — Toshkent viloyati Angren shahar prokurori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti               Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.