Qabul qilingan hujjatlar koʻp qirrali Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi

0
108
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xususan, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2023-2026 yillarga moʻljallangan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Singapur Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida 2023-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Respublikasi Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qoʻshma faoliyat toʻgʻrisida hamkorlik bitimi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Respublikasi Biznes federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here