Qadimiy masjidda muzey tashkil etildi

0
479
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyati qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq, qatagʻon qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish va merosini oʻrganish boʻyicha koʻp ishlar qilinmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda qatagʻon qurbonlari muzeyi tashkil etildi. 

Qashqadaryodagi muzey Odina masjidida joylashtirilgan. Bu chuqur maʼnoga ega. Chunki u tarixiy bino.

Odina masjidi 1386 yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868 yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi toʻpga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938 yildan qamoqxonaga aylantirilgan.

— Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy shaʼni va gʻururi oyoqosti qilingan. Shunday tabarruk joyning qamoqxonaga aylantirilgani ham bunga misol. Biz bugun mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlashga alohida eʼtibor qaratayapmiz. Oʻtganlar hurmatini ham joyiga qoʻyishimiz kerak. Bu yerda Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgani — tarixiy adolatning tiklanishi, — dedi Prezident.

Muzey 11 ta boʻlimdan iborat. Ularda Turkiston oʻlkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatagʻonlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan.
Shuningdek, muzeyda yoshlar klubi hamda kutubxona tashkil qilingan.

Davlatimiz rahbari shu yerda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Buxoroga yoʻl oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.