Qashqadaryoda televizor ishlab chiqarilmoqda

0
186
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Buyuk turon» kichik sanoati zonasida boʻldi., deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu yerda hozircha 2 ta loyiha amalga oshirilgan boʻlib, 500 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan. Joriy yil oxiriga qadar yana 2 ta loyiha ishga tushiriladi va umumiy ish oʻrinlari soni 1 ming 500 taga yetadi.

Oʻtgan yili faoliyat boshlagan “Alp Texno Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati yiliga 120 ming dona televizor va monitorlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona JVC, TCL, Zimmer va boshqa brendlarning auditidan oʻtib, shu nomlar ostida tashqi bozorga chiqmoqda. Oʻtgan yili 3 million dollar mahsulot eksport qilingan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkichni 6 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Bu yerda 70 ta ish oʻrni yaratilgan. Yaqinda plata terish hamda plastik qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi va yana 30 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Prezident elektrotexnika mahsulotlari, ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Korxona ishchilari bilan suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.