Qatar Amiri Oʻzbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi

0
53
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan 13 iyul kuni oʻtkazilgan telefon orqali muloqotida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, yirik investitsiya loyihalarini tayyorlashni jadallashtirish va ularni ilgari surish masalalari batafsil muhokama qilindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qatar Amiri Oʻzbekiston yetakchisini boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan dildan qutladi.

Doʻst Qatar xalqi nomidan Oʻzbekiston rahbari va koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Yetakchilar joriy yil 5-6 iyun kunlari Qatar Amirining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarning soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrishga kelishib oldilar.

Yaqin fursatda qoʻshma Hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.