Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

0
415
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi. Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish eʼtibor markazida boʻladi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.

Uchrashuv yakunida salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplami imzolanishi kutilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Qatar Davlati Amirining yurtimizga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yildan ziyod tarixida birinchisi boʻladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here