Qirgʻiziston Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentini saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi

0
135
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qirgʻiziston yetakchisi davlatimiz rahbarini kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi. Qayd etilganidek, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi Oʻzbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan pragmatik siyosatga ishonishi va uni keng qoʻllab-quvvatlashini yaqqol koʻrsatdi.

Telefon muloqoti davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Idoralararo muloqotlar faol kechayotgani, ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari oʻrtasidagi almashinuvlar samarali boʻlayotgani qayd etildi.

Joriy yil 1 iyun kunidan Oʻsh shahrida Oʻzbekistonning bosh konsulligi oʻz ishini boshladi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda, avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika va toʻqimachilik tarmoqlarida qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda. Qoʻshma Investitsiya fondining faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Gumanitar sohada ikki mamlakat oqsoqollari, ziyolilari va yoshlari ishtirokidagi Avlodlar muloqoti doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlarning soʻzsiz ijrosini taʼminlash muhimligini taʼkidladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.