Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

0
112
views

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar.

Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston xalqi va shaxsan oʻz nomidan davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida taʼkidlandi.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida birgalikdagi saʼy-harakatlarni, jumladan, hukumatlararo komissiyalar doirasida davom ettirishga kelishib olindi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here