Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashif bilan mamlakatimizda boʻladi

0
219
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashif bilan mamlakatimizda boʻladi, deya xabar berilmoqda prezident. uz saytida. 

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Tashrif yakunlari boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, turli sohalardagi oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.