Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi Oʻzbekiston elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etildi

0
90
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq 2018 yil 1 iyuldan eʼtiboran mamlakatimizning Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmanistondagi elchixonalari shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritildi, deya xabar beriladi gov. uz saytida.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2017 yili Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan tovar aylanmasi 253,9 mln. AQSH dollari, Tojikiston bilan 237 mln. dollar, Turkmaniston bilan 177,3 mln. dollarni tashkil etdi. Ushbu davrda Oʻzbekistonning mazkur davlatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 668,2 mln. dollarni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan deyarli 16%ga koʻproqdir.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here