Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida

0
156
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish toʻgʻrisidagi murojaatini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va koʻrilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi taʼminlanganligini inobatga olib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 11-moddasiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF‒164-son Farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilsin.

2. Mazkur Farmon 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan eʼtiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol eʼlon qilinishi shart.

3. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh. Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.