Oxirgi 7 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 17 trillion 800 milliard soʻmlik 6 ming 784 ta loyiha amalga oshirilgan, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ularning natijasida 56 mingta ish oʻrni yaratilgan. Shu davrda 2 milliard 815 million dollarlik eksport qilingan. Bu yil respublikada umumiy qiymati 874 million dollarlik 470 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Bu izchil davom ettirilib, Qoraqalpogʻistonda xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 9,5 milliard dollarlik 124 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan qariyb 1 milliard 800 million dollarlik 10 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
Loyihalarga Xitoy, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, Ispaniya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular energetika, issiqlik taʼminoti, togʻ-kon va kimyo sanoati, qurilish materiallari, xizmat koʻrsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.
Masalan, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Nukus shahrida markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimini yaxshilash, Ispaniya investitsiyasi ishtirokida Qoraoʻzak tumanida quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish, germaniyalik investorlar tomonidan Nukus tumanida misni qayta ishlash va kabellar ishlab chiqarish loyihalari rejalashtirilgan.
Mazkur 124 ta loyiha natijasida 20 mingdan ortiq aholi ish bilan taʼminlanadi.
Davlatimiz rahbari ishbilarmonlarga har tomonlama madadkor boʻlib, loyihalarni jadallashtirish muhimligini taʼkidladi.