Qoraqalpoqistonlik yoshlar mahallasi haqida nimalarni biladi?

0
161
marta koʻrilgan.

Nukusda umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Mahalla – mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining Qoraqalpoqiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. 
Tanlovda 15 jamoa uch shart boʻyicha oʻz salogʻiyatini namoyish etdi. Har bir ishtirokchi oʻzi istiqomat qilayotgan hudud tarixi, “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi, huquqiy-meʼyoriy hujjatlar boʻyicha savollarga javob berdi. 


– Oʻzimiz yashayotgan hududning yanada obod va aholi turmushi farovon boʻlishida biz, yoshlar ham maʼsul ekanimizni chuqur his qilamiz, – deydi “Navqiron yoshlar” jamoasi sardori Gulmira Allanazarova. – Mahallamizdagi 431 xonadonda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yoshlar taʼlim olayotgan muassasalarda “Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” shiori ostida oʻtkazilayotgan uchrashuv va davra suhbatlari yaxshi samara bermoqda.


Nukus shahridagi “Bogʻdorchilik” mahalla fuqarolar yigʻinining “Navqiron yoshlar” jamoasi birinchi oʻrinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yoʻllanma oldi. Ikkinchi oʻrinni Nukus tumani markazi Oqmangʻit shaharchasining “Oqmangʻit” jamoasi, uchinchi oʻrinni Amudaryo tumani “Oyoqchi” mahalla fuqarolar yigʻinining “Barkamol avlod” jamoasi egalladi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.