Qoʻshni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar koʻrib chiqildi

0
240
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Soʻnggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga koʻpayib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qoʻshni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qoʻshma korxona ochilgan.

Yigʻilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar koʻrib chiqildi.

Mamlakatimizda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muxokama qilindi.

Davlatimiz rahbari koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.