Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot

0
261
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Joriy yil yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashda muhim tarixiy davr boʻlgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunga Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifining samarali natijalari xizmat qildi.

Turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, parlamentlararo va hududlararo hamkorlik rivojlanayotgani, savdo hajmi oshgani, mashinasozlik, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili doirasida madaniy-gumanitar aloqalar kengaygani qayd etildi.

Suhbatda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.