Qozogʻiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi

0
111
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yilning 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni ilgari surish, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar oʻrin olgan.

Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.