Qozogʻiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi

0
146
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2019 yil 14 aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Davlat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayevning Qozogʻiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan soʻng ilk bor uchrashadilar. 

Tor va kengaytirilgan tarkibda oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ikki tomonlama doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi. 

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashadilar. 

Davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi koʻzda tutilgan.

Prezidentlar qoʻshni qardosh mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan Oʻzbekiston yilining mantiqiy davomi boʻladigan Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadilar. Mazkur yil tadbirlari Qozogʻiston sanʼat ustalarining konserti bilan boshlanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.